“Oʻyingohga sigʻmay qolishlari mumkin”: BAA-Oʻzbekiston oʻyiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi

Shu yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsda Oʻzbekiston terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fan-klub aʼzolari bilan birgalikda 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi tomoshabin sifatida borishi kutilmoqda.
Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shu kunlarda tur-paketlar orqali turistlarni BAAga yubormaslik choralarini koʻrishni maslahat berdi.
Gap shundaki, Oʻzbekiston hamda BAA terma jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻtkaziladigan maydon 12 ming tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻyinga Oʻzbekistondan 5 mingga yaqin muxlis borishi kutilmoqda. Biroq, oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Al Vahda” klubining uy stadioni hisoblangan “Al-Naxayyan” oʻyingohida Oʻzbekiston muxlislari uchun atigi 960 oʻrin ajratilgan. Bu esa umumiy sigʻimning 8 foizini tashkil qiladi.
Sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan esa ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fan-klub aʼzolari bilan birgalikda 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida BAAga olib ketish boʻyicha keng targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu holat oʻzbekistonlik muxlislarning oʻyingohga sigʻmay qolishi ehtimolini oshiradi.
“Shu munosabat bilan, BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarining qaytarib yuborishga asos sifatida taxmin qilinayotganligini inobatga olib, ushbu kunlari BAAga tur-paketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini koʻrish tavsiya etiladi”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Maʼlumot uchun, BAAga qarshi bahsdagi durang natija ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga mundial yoʻllanmasini taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring