Oydin Hojiyevani eslab...

15:08 29 May 2023 Madaniyat
584 0

Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyevani xotirlash maqsadida marhum shoiraning shogirdlari va yaqin qarindoshlari hamda poytaxtda yashab ijod qilayotgan qalam ahlidan bir guruhi Navoiy viloyatida bo‘lishdi. 

Mehmonlar dastlab Qiziltepa tumanining Bo‘ston qo‘rg‘onida shoiraning bolaligi kechgan xonadonda bo‘lishib, bir guruh yozuvchilar, ijod vakillari, Oydin Hojiyevaning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirishdi. Shoiraning bolalik davri, ijodiy faoliyatining dastlabki yillari yodga olinib, ilk mashqlarining noyob nusxalariga nazar solindi.

 Shundan so‘ng mehmonlar tumanning Bo‘ston mahallasidagi olim va muhaddis Boyazid Bastomiy qadamjosini ziyorat qilishib, viloyat markazi Navoiy shahriga qaytdilar.

Navoiy shahridagi “Oqsaroy” tadbirlar uyida shoira Oydin Hojiyeva xotirasiga quron tilovat qilinib, osh tortildi. Davrada shoiraning mamlakat adabiyoti ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnati, publisist va faol o‘zbek qizi sifatida ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qo‘shgan bebaho hissasi yodga olindi.

Temur ESHBOЕV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?