Oybekning asari oradan 81 yil oʻtib qayta sahnalashtirildi
Gap Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning “Mahmud Torobiy” asari haqida bormoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, u suronli 1941-yilning kuzida, atigi 25 kunda yozib tugallangan va keyinchalik dramatik doston sifatida eʼlon qilingan. Asar 1944-yilda ilk bor Alisher Navoiy teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan.
— Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, shundan soʻng bu asar sahna yuzini koʻrmagan, — deydi Buxoro viloyat musiqali drama teatri adabiy boʻlimi mudiri Mohigul Nazarova. — U teatrimiz rejissyori Ravshan Rasulov tomonidan sahnalashtirildi. Spektaklda oʻzbek musiqa sanʼatining dargʻalaridan biri, atoqli bastakor Mustafo Bafoyevning musiqalaridan oʻrinli foydalanilgan. Mahmud Torobiy rolini yosh aktyor Amirxon Gʻafforov ijro etgan. Asar yosh avlodning ona-Vatanni sevish, ardoqlash, unga sodiq boʻlish tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tarixiy manbalar Jondor tumanida tugʻilib oʻsgan Mahmud Torobiyning kuchli shaxs boʻlganini tasdiqlaydi. U yurt va millat ozodligi uchun kurashgan xalq qahramoni sanaladi. 1238-yildagi Torobiy qoʻzgʻoloni shu nuqtayi nazardan koʻplab xorijiy tarixchilar, moziyshunoslar eʼtiborini tortgan. Buyuk adib Oybekning yurt bosqinchilariga qarshi kurashgan bu fidoyi insonga bagʻishlab asar yozishi ham bejiz emas, albatta. Ana shulardan kelib chiqib aytish joizki, teatr jamoasining bu asarga murojaat qilishi xayrli ish boʻldi. Zero, aholi, xususan, yoshlarimiz xalq qahramonlari haqida bilishi, ular bilan faxrlanishi, yurtparvar ota-bobolarimiz hayoti va faoliyatidan ibrat olishi maqsadga muvofiqdir.
Darvoqe, kuni kecha jamoatchilik va OAV vakillari, teatr ixlosmandlari, yoshlar ishtirokida mazkur spektaklning premyerasi boʻlib oʻtdi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring