Ohangaronda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan korxona ish boshladi

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Rahmatilla Sheraliyev/Toshkent viloyati. Kompyuterlashtirilgan tizim metall mahsulotini buyurtmachining xohishiga qarab ishlab chiqaradi.
Ohangaron shahrida turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi hisobiga bunyod etilgan “Dal Heave Industries” masʼuliyati cheklangan jamiyati ana shunday zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Hozircha Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan mazkur korxona metall konstruksiyasi va quyosh panellarini ishlab chiqaradi. Korxona dastlabki mahsulotlarni eksportga tayyorlab qoʻydi.
Yiliga 12 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega korxona mahsulotlarining teng yarmi eksportga yoʻnaltiriladi.
Yangi loyiha doirasida 11 mln. AQSH dollari miqdorida qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.
“Yangi korxonada yaratilgan 166 ta ish oʻrnining asosiy qismini mahallamiz yoshlari egalladilar. Korxonada ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganidan mamnunmiz”, – deydi “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Muhammad Shukurov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring