Ogʻir atletikachilarimiz "Tokio — 2020" Olimpiadasiga toʻliq tarkibda yoʻllanma olishdi
Maʼlumki, poytaxtimizda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng ogʻir atletika boʻyicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamgʻarish davri yakunlangan. Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 koʻrinishida 4 ta yoʻllanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali yigitlarimizdan Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Joʻrayev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullayeva (-76 kg) Tokio-2020 yoʻllanmalariga sazovor boʻlishdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.
Reyting orqali yoʻllanma olgan barcha atletlar bilan tanishish uchun ushbu havolaga oʻting: Tokyo-2020_Absolute-Ranking-Lists
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring