Ogʻir atletikachilarimiz Meksikadagi dunyo birinchiligini 3 ta medal bilan boshlashdi
Meksikaning Leon shahrida oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki medallariga sazovor boʻldi.
-73 kg. vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ermatov 3 bor shohsupaga koʻtarildi. Hamyurtimiz oʻzining sevimli dast koʻtarish mashqida qozogʻistonlik Yedige Yemberdi bilan murosasiz raqobat olib bordi. Afsuski, ushbu kurashda polvonimiz 1 kg. tafovut bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi. Siltab koʻtarish mashqida jahon rekordini qayd etgan Yemberdi raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi. Ushbu mashqda Ermatov bronza, ikki kurashda esa kumush medali bilan taqdirlandi.
Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida JCH
Yigitlar, -73 kg.:
1. Yedige Yemberdi (Qozogʻiston) – 306 (134+172) kg.
2. Diyorbek Ermatov (Oʻzbekiston) – 290 (133+157) kg.
3. Brayan Ibanes (Kanada) – 288 (132+156) kg.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring