Odessadagi koʻp qavatli uylar Rossiya dronlari hujumiga uchradi

12:49 31 Dekabr 2025 Dunyo
440 0

Rossiya armiyasi 31-dekabrga oʻtar kechasi Odessa viloyatidagi koʻp qavatli turar-joy binolariga dronlar hujumi uyushtirdi, deb xabar bermoqda BILD nashri.

Maʼlum qilinishicha, ikkita koʻp qavatli turar-joy binolari va muhim infratuzilma obyektlariga zarba berilgan. Oqibatda Odessa viloyatining bir qismi issiqlik, elektr energiyasi hamda suvsiz qolgan.

“Odessaga uyushtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri zarbalar bir nechta koʻp qavatli turar-joy binolariga zarar yetkazdi. Binolarda joylashgan xonadonlarda yongʻin sodir boʻldi”, — deydi viloyat mintaqaviy harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Kiper.

 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hujum oqibatida bir nafar katta yoshli erkak hamda yetti oylik, sakkiz yosh va oʻn toʻrt yoshli bolalar turli darajadagi tan-jarohatlari olgan. Hozirda bolalarning ahvoli oʻrtacha, 42 yoshli erkakning ahvoli esa ogʻir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?