Odam savdosi jinoyatini sodir etgan oʻzbekistonlik ayol Turkiyada qoʻlga olindi
Odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan Oʻzbekistonlik ayol Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida, Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilingan.
Maʼlum qilinishicha, jinoyatchi ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh vaʼda qilib, ularni Turkiyaga olib kelgan. Shundan soʻng, qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.
“Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qoʻshma faoliyatning ibratli namunasi yuzaga keldi”, — deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Bildirilishicha, ayni vaqtda Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish boʻyicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring