Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xodimlariga yangi yil sovgʻalari topshirildi
Yangi yil dillarda ezgu orzu-umidlar uygʻotib, koʻzlarda quvonch va shukuh porlatadigan, har bir xonadonga fayz va baraka olib kiradigan qutlugʻ bayramdir. Ushbu bayramga sanoqli kunlar qolgan pallalarda yurtimiz boʻylab Yangi yil shukuhi tobora yaqqol sezilmoqda.

Ana shunday fayzli kunlarda Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish departamentida faoliyat yuritib kelayotgan 725 nafar ishchi-xodimlarga Yangi yil bayrami munosabati bilan sovgʻalar topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus xodimlarning kayfiyatini koʻtarish, ularning ishchanligi va mehnatga boʻlgan munosabatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.

Mazkur eʼtibor orqali xodimlarning mashaqqatli mehnati munosib eʼtirof etilib, ularga boʻlgan hurmat va gʻamxoʻrlik yana bir bor amalda namoyon etildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring