Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jangi kim bilan boʻlishi maʼlum
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonlik jang sanʼati ustasi Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi maʼlum boʻldi.
Xorijiy manbalarda yozilishiga koʻra, Roʻziboyev 16-avgust sanasida Chikagoda boʻlib oʻtadigan UFC‑319 musobaqasi doirasida oktagonga koʻtariladi. Unga AQSHlik Brayn Bettl raqiblik qiladi.

Aynan shu kechada Xamzat Chimayev afrikalik Drikus Dyu Plessiga qarshi chempionlik jangi oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun, ushbu jang Nursulton uchun UFCʼdagi oltinchisi boʻladi. Andijonlik sportchi bungacha mazkur promoushnda 5-marta oktagonga chiqib, 4 ta gʻalaba hamda 1-marta magʻlubiyat qayd etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring