Nurotaning sayyohlik jozibasi AQSH kompaniyasi tomonidan tasvirga olindi

10:11 27 Aprel 2021 Welcome to uzbekistan
5904 0

Amerikaning “Mystery box” kompaniyasi ijodiy guruhi Nurota tumanining gʻaroyib tarixiy-madaniy landshafti haqida videorolik tayyorlash maqsadida Navoiy viloyatida boʻlishdi.

Tasvirga olish jarayonlari asosan tabiatning noyob tuhfasi boʻlgan “Chashma” majmuasi madaniy-meros obyektida amalga oshirildi. Xorijlik kinoijodkorlarda Nurotaning nafaqat yoqimli tabiati, balki ushbu majmuadagi islomga qadar qurilgan antik- arxeologik yodgorlik - Nur qalʼasi ham katta qiziqish uygʻotdi.

Noanʼanaviy nuqtalardan suratga olingan videotasvirlar sport hamda madaniyat turizmi rivojiga katta turtki berishi bilan birga, oʻlkamiz sayyohlik jozibadorligining xalqaro maydondagi targʻibotiga ham munosib hissa qoʻshishi shubhasiz.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, “Mystery box“ – AQSHning videokontent ishlab chiqaruvchi nufuzli kompaniyasi. Kompaniya filmlar, hujjatli filmlar, televizion sahnalar, reklama roliklari, musiqiy kliplar, syujetli videolavhalar, veb-saytlar yaratish va boshqa koʻplab video xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan. ”Mystery box” UltraHD + formatida sifatli kontent ishlab chiqaradi.

Bugungi kunda “Mystery box” Panasonic, Dell, Sony, VIZIO, NVIDIA, Samsung, SES va Harmonic kabi innovatsion yetakchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. “Mystery box” kompaniyasi RED 8K va Phantom 4K Slow-Mo kameralari, Digital Sputnik RGB yoritgichlari, MōVI stabilizatorlari va boshqa zamonaviy qurilmalaridan foydalanadi.

Temur ESHBOYEV
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер