Nurxon Qurbonova bronza medalini qoʻlga kiritdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.
Qayd etilishicha, ushbu dasturda qatnashgan oʻzbekistonlik Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash lozimki, sportchi ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkichini qayd etdi.
Maʼlumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval “Tokio-2020” yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring