Nukusdagi “Janabazar”da yangi MTT foydalanishga topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Nukus shahridagi “Janabazar” mahalla fuqarolar yigʻini bir paytlar ijtimoiy-iqtisodiy ogʻir hududlar roʻyxati boshida turgan boʻlsa, soʻnggi 3-4 oy ichida bu yerda olib borilgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari samarasida butunlay yangi qiyofa kasb etib, bugun obod manzillardan biriga aylandi.
Hududga yoʻl, gaz, elektr va suv tarmoqlari yangidan tortilib, aholining turmush darajasini yaxshilashga erishildi. Shuningdek, mahallada yangi xizmat koʻrsatish, savdo shoxobchalari va ijtimoiy obyektlar qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Kuni kecha “Janabazar”da 60-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻistonda bogʻcha yoshidagi bolajonlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olishga qaratilayotgan eʼtibor va erishilayotgan natijalar alohida taʼkidlandi. «Nukus Isker» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilgan ushbu yangi bogʻchaning ramziy kaliti muassasa rahbariga topshirildi.
— Ikki qavatdan iborat zamonaviy bogʻchaning ishga tushirilganidan mahalla aholisi, ayniqsa, yosh oilalar juda xursand, — deydi 60-sonli MTT rahbari Venera Uteshova. – Negaki, mahallada bundan oldin bittagina bogʻcha boʻlib, hududdagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkonsiz edi. Yangi bogʻchamiz 120 oʻrinli boʻlib, ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya berish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Darvoqe, muassasamiz ishga tushishi bilan 28 xodim doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.
Maʼlumot uchun. Nukus shahridagi “Janabazar” MFYda 3-7 yoshgacha boʻlgan bolalar soni 643 nafarni tashkil etadi va yangi bogʻcha foydalanishga topshirilishi bilan ularning jami 284 nafari MTTga qamrab olindi.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring