Nukusdagi xonadonda 217 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Nukus shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida «Hududgaztaʼminot AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Nukus shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, shaharning “Qoʻshbuloq” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro U.B. xonadonida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 217 million 605 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring