Nukusda ikki bozor oʻrtasida bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Foto: Xalq so‘zi
Nukus shahrida ikkita asosiy bozor bor. Mahalliy aholi ularni «Orayliq bazar» va «Taza bazar» deb ataydi.
Bir necha yil ilgari Markaziy dehqon bozoridan buyum bozorini alohida qilish maqsadida shaharning janubiy qismida Markaziy savdo kompleksi («Taza bazar») ishga tushirildi. Biroq tarki odat amrimahol, deganlaridek oʻtgan vaqt davomida sotuvchilar ham, xaridorlar ham Markaziy dehqon bozoridan oyoq uzishi qiyin kechdi.
Nukus shahri Markaziy dehqon bozoridagi tadbirkorlarning maʼlum qismini Markaziy savdo kompleksiga koʻchirish hamda xaridorlarning mazkur bozorga borib-kelishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
— Kiyim-kechak, narsa-buyum sotib olish uchun «Taza bazar»ga borish biz uchun muammo edi, — deydi nukuslik Muhabbat Yangibayeva. — Shuning uchun «Orayliq bazar»ga kelib ketardik. Ikki bozor oʻrtasida bepul avtobuslar yura boshlagani bizni quvontirdi. Bu aholi uchun har tomonlama qulaylikdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmatining maʼlumot berishicha, ikki bozor orasida harakatlanadigan avtobuslar har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, Nukus shahar ichidagi yoʻlovchi tashish (mikroavtobus, Damas) transportlarining harakat yoʻnalishiga oʻzgartishlar kiritish va shahar janubidagi bozorga qatnov sonini oshirish choralari koʻrilmoqda.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring