Nukus shahrida investitsiya forumi oʻtkazildi
Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining davomi sifatida Qoraqalpogʻistonning investitsion salohiyatini taqdim etishga bagʻishlangan forum oʻtkazildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, Prezidentimizning alohida eʼtibori tufayli Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, investitsion jozibadorlikni oshirish boʻyicha qabul qilingan farmon va qarorlar asosida yaratilgan imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtdi.

Forumda respublikamizning investitsion jozibadorligi, yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, mavjud resurslar va boshqa muhim yoʻnalishlar haqida soʻz yuritildi.
“Oq qush” majmuasi hududidagi maxsus pavilyonda Qoraqalpogʻistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Forum imkoniyatlarni muhokama qilish, ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun oʻziga xos maydonga aylandi.
Tadbir ishtirokchilari “QORAQALPOQ BASALTWOOL” korxonasi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida ham boʻlib, respublikamizning sanoat, turizm yoʻnalishlaridagi imkoniyatlari bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring