Noqonuniy yoʻl bilan hajga borganlar 300 mln soʻmdan ortiq jarimaga tortilishi mumkin
Illyustrativ foto
Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarga murojaat qilib, noqonuniy yoʻllar bilan hajga borish oqibatlari yuzasidan maʼlumot berdi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligidan kelib tushgan xabarnomaga koʻra, ruxsatnomasiz Haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, bu borada Saudiya Ichki ishlar vazirligining maxsus bayonoti ham ilova qilingan.
Belgilangan tartibga muvofiq Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2025” vizasi boʻlishi shart.
“Tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramay, hozirda ayrim tur-firmalar va uchinchi davlatlar orqali fuqarolarimizni Haj ziyoratiga joʻnatishga harakatlar kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Saudiya huquq tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan reydlar natijasida noqonuniy ravishda Haj ibodatini amalga oshirishga uringan shaxslarga nisbatan jazo choralari qoʻllaniladi va mamlakatdan deport qilinadi.
Shuningdek, noqonuniy yoʻllar bilan Haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha (27 ming AQSH dollarigacha) moliyaviy jarimalar qoʻllanishiga sabab boʻladi.
Taʼkidlash joiz, Haj tadbiri Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring