Noqonuniy diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit 5-yildan koʻproq muddatga qamaldi
Jizzaxda noqonuniy diniy materiallarni tinglab, tarqatib kelgan 19 yoshli yigitga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, fuqaro 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab terrorchilik tashkilotlarining yetakchilardan Oʻzbekiston hududida xalifalik tashkil etishga qaratilgan aqidaparastlik gʻoyalariga asoslangan materiallarni tinglab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudida koʻrilgan ushbu ishda ayblovchi tomonidan ayblanuvchiga nisbatan 9-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash soʻraldi.
“Bunaqa yomon niyat chiqmaydi deb oʻylagandik. Ichmaydi, chekmaydi, yomon yoʻlga kirmaydi deb, oʻzimiz ham bilmay qoldik”, degan ayblanuvchining onasi.
Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 5-yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq Oʻzbekiston hududida taqiqlangan terroristik tashkilotlariga tegishli audio-video materiallarini tarqatgan qizlar ushlangani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring