Aqidaparastlik gʻoyalarini tarqatgan qizlar ushlandi
Videodan kadr
Oʻzbekiston hududida taqiqlangan terroristik tashkilotlariga tegishli audio-video materiallarini tarqatgan qizlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2004–2006-yillarda tugʻilgan bir guruh yoshlar diniy qiziqish niqobi ostida Telegram messenjerida kanal yaratib, unda Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan “Iroq va Shom islom davlati” hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotlariga tegishli audio-video materiallar va daʼvatlarni tarqatish bilan shugʻullanishgan. Shuningdek, ular boshqa yopiq guruhlarda ham targʻibot ishlarini olib borgan.
Aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlangan bu yoshlar Suriyadagi qonli janglarga qoʻshilish niyatida oʻzaro fikr almashib, “jihod”, “hijrat” va “shahid” kabi yolgʻon shiorlarni hayotiy maqsad deb bilgan. Shu bilan birga, ular Instagram tarmogʻi orqali ham shaxsiy profillar yaratib, taqiqlangan materiallarni tarqatgan va yanada koʻproq yoshlarni tuzoqqa tushirishga uringan.
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxslar ushlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrilgan.
“Unutmang birgina notoʻgʻri qadam — butun umringizni izdan chiqarishi mumkin. Internetda tarqatilayotgan har qanday ekstremistik mazmundagi materiallar ortida oʻzgalarning nurli kelajagini, farovon hayotini parokanda qilish xavfi yotibdi. Har qanday shubhali sahifa yoki guruhdan ogoh boʻling. Chunki, ezgu ishlar hech qachon qon toʻkish va nafratdan boshlanmaydi”, deya ogohlantiradi DXX.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring