Nodirbek Abdusattorov yarim milliard soʻm ishlab oldi. U nufuzli turnirni kuchli uchlikda yakunladi

Foto: Chess.com
Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov “Sinquefield Cup” turnirida qatnashdi. U mazkur nufuzli turnirni kuchli uchlikda yakunladi va 40 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Bu haqda “Chess.com” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi turda Rossiyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Yan Nepomnyaщiyni magʻlub etgan Nodirbek 5 ochko toʻpladi. Xuddi shunday natijani fransiyalik Maksim Vashye-Lagrav ham qayd etdi va qoʻshimcha koʻrsatgichlar evaziga jadvalda Abdusattorovdan keyin joylashdi, biroq u ham 40 ming AQSH dollariga ega chiqqan.
Qayd etish kerakki, ushbu turnirda fransiyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Alireza Firuzdja ushbu turnir gʻolibiga aylandi va 100 ming AQSH dollariga ega chiqdi. AQSH vakili Fabiano Karuana esa 2-oʻrinni band etdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilgi “Grand Chess Tour” loyihasi ham yakunlanib, unda Nodirbek umumiy miqdorda 74 ming 500 AQSH dollar mukofotni oʻziniki qilib oldi.
Avvalroq, ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring