Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess India 2024” turnirida ishtirok etadi. Ushbu musobaqa 13-17-noyabr kunlari Hindistonning Kalkutta shahrida boʻlib oʻtadi.
Bu anʼanaviy musobaqa oltinchi marta tashkil etilib, dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini bir joyga toʻplaydi. Turnir rapid va blis yoʻnalishlarida qizgʻin janglarga boy boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli turnirning mukofot jamgʻarmasi 41,500 AQSH dollarini tashkil etib, elit shaxmatchilarni oʻziga jalb qilgan. Turnirda hamyurtimizdan tashqari toʻrt karra jahon chempioni Magnus Karlsen, Xitoyning birinchi raqamli shaxmatchisi Vey Yi, germaniyalik isteʼdod Vinsent Keymer, AQSHlik tajribali sportchi Uesli So, mezbonlarda Vidit Gujrati, Arjun Erigaisi, Praggnanandxa Rameshbabu, Nihal Sarin va Narayanan Sunildut kabi kuchli shaxmatchilar ishtirok etishmoqda.
Turnir formati ikki yoʻnalishda oʻtkazilib, rapid va blis boʻyicha alohida gʻolib aniqlanadi. Rapid yoʻnalishi 25+10 vaqt nazorati bilan 9 turdan iborat boʻlsa, blis yoʻnalishida 3+2 vaqt nazorati bilan 18 turdan iborat. Har ikki yoʻnalishda ham shiddatli janglar kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring