Nodirbek Abdusattorov Buxarestda: u qanday turnirda ishtirok etishi kutilmoqda?

11:22 06 May 2025 Sport
91 0

7–16-may kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida klassik shaxmat boʻyicha jahonning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida nufuzli musobaqa — “Superbet Chess Classic Romania” turniri boʻlib oʻtadi. Ushbu turnir “Grand Chess Tour 2025” tasnifiga kiradi va umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Bellashuvda Oʻzbekiston sharafini dunyoning eng iqtidorli shaxmatchilaridan biri, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. U jahon shaxmatining yulduzlari bilan birga bosh sovrin uchun bahs olib boradi.

Musobaqada jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradje ham ishtirok etadi. Shuningdek, AQSH vakili Fabiano Karuano, hindistonlik yosh isteʼdod Rameshbabu Praggnanandha, fransiyalik yulduz Alireza Firuzdja, AQSH grossmeysterlari Uesli So va Levon Aronyan, polyak shaxmatchisi Yan-Krishtoff Duda, fransuz Maksim Vashye-Lagrav, shuningdek, mezbon mamlakat vakili Bogdan Daniel Dik kabi taniqli shaxmatchilar ham qatnashadi.

Turnir 9 turdan iborat boʻlib, har bir ishtirokchi barcha raqiblariga qarshi oʻynaydi. Bu bellashuv nafaqat yuqori mukofot jamgʻarmasi, balki jahon shaxmat reytinglari va turkum baholari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“Superbet Chess Classic Romania” — shaxmat olamidagi eng yirik va taʼsirli musobaqalardan biri hisoblanib, unda ishtirok etishning oʻzi ham shaxmatchining elita qatoriga kirganini anglatadi. Abdusattorov uchun ushbu turnir yangi muvaffaqiyatlarga yoʻl ochishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер