Nodirbek Abdusattorov bugun “Tata Steel Chess India” gʻolibi boʻlishi mumkin. Bu uchun bitta shart bajarilishi kerak
Bugungi “Tata Steel Chess India” turnirida Nodirbek Abdusattorovni muhim uchrashuvlar kutmoqda. Birinchi navbatda, u soat 13:30 da amerikalik Uesli So bilan, soat 15:00 da esa hindistonlik Arjun Erigaysiga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Kunning eng muhim bahsi esa soat 16:30 da Magnus Karlsenga qarshi boʻlib oʻtadi, bu Nodirbek uchun juda katta ahamiyatga ega.
Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida 4,5 ochko bilan sof ikkinchi oʻrinda turibdi. Uning Magnus Karlsen bilan oʻyini nafaqat shaxsiy reytingini, balki turnirdagi umumiy mavqeyini ham belgilab beradi. Karlsen esa 5 ochko bilan peshqadam boʻlib, birinchi oʻrinni saqlab qolishni maqsad qilgan. Agar hamyurtimiz turnirda gʻolib chiqishni istasa, bugun nafaqat magʻlub boʻlmasligi, balki Magnusni taslim etishi ham talab etiladi.

Turnirning oʻtgan kungi bahslarida Nodirbek 2 durang va 1 gʻalaba bilan kunni yakunladi. Uning bu natijasi unga umumiy hisobda yuqori oʻrinda turish imkonini bermoqda. Kuchli raqiblarga qarshi barqaror oʻyin koʻrsatayotgan Nodirbek muxlislarning eʼtiborini tortmoqda.
Hindistondagi bu nufuzli turnir jami 9 tur rapid va 18 tur blis yoʻnalishlarida oʻtkazilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 41 ming 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda shaxmatchilar har yoʻnalishda alohida gʻoliblik uchun bellashishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring