Nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida oʻqiyotgan yoshlarga taʼlim kreditlari ajratiladi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (79-son 27.02.2023-y.) bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, taʼlim kreditlari BHMning 65 baravarigacha boʻlgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.
Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— ariza;
— kredit oluvchi va IT-park rezidenti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);
— taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlar uchun);
— bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring