Nobel mukofoti sovrindori Oʻzbekistonda agrar soha kadrlarini tayyorlashda ishtirok etadi

19:52 31 May 2024 Ilm-fan
526 0

Foto: TDAU matbuot xizmati

Toshkent davlat agrar universiteti Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, professor, Rae Kvon Chung bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda TDAU matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbusi bilan vazirlik huzuridagi taʼlim maskanlari faoliyatini tubdan modernizatsiya qilish ishlari keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, soʻngi yillarda Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xoʻjaligi sohasiga yetuk kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida juda koʻp xorijiy davlatlarning ilmiy tekshirish institutlari, universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

Foto: TDAU matbuot xizmati

Jumladan, bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi qishloq xoʻjaligini fan taʼlim yoʻnalishlarida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi natijasida Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatida ilk bor, 2000-yilda nashr etilgan “Texnologiyalar transferining metodologik va texnologik masalalari” boʻyicha IPCC Maxsus hisobotining bosh muallifi sifatida 2007-yilda IPCCga berilgan Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, professor, janob Rae Kvon Chung bilan shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnomadan asosiy koʻzlangan maqsad kelajakda mamlakatimiz hayotining asosiy boʻgʻini boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasiga “Smart texnologiyalar”ni tadbiq etish va rivojlantirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish hamda ilmiy izlanishlar natijasini ishlab chiqarishga yoʻnaltirishga tavsiya berishdan iborat.

Kelgusida universitet ilmiy jamoasi va professor Rae Kvon Chung oʻrtasida imzolangan shartnomadagi kelishuvga koʻra, agrar sohani paxtachilik, atrof-muhit muhofazasi boʻyicha va yashil oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha hamkorlik ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Shuningdek, taʼlim maskanining bakalavr talabalariga maʼruza darslari, magistr va yosh tadqiqotchilariga ilmiy rahbar boʻlib birgalikda ilmiy izlanishlar amalga oshiriladi. Kelishuvning yana bir muhim jihatlaridan biri, professor Rae Kvon Chung bilan hamkorlikda universitetda laboratoriyalar tashkil qilinadi va har bir ilmiy ishlanmalar ushbu laboratoriyalarda tahlil qilinib, sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер