Nima uchun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam boʻlsada, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqaradi — Prezident

Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bugungi kunda tolani qayta ishlash quvvatlarimiz 1 million 300 ming tonnaga yetgani, lekin 1 million tonna tola ishlab chiqarilayotgani taʼkidlandi.
Yaʼni, hozirning oʻzida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshadi. Shundan 300 ming tonnasi sunʼiy tola boʻlsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.
“Nima uchun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam boʻlsada, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqaradi? Buning asosiy sababi - hali ilmga, zamonaviy texnologiyalarga joylardagi rahbarlarning eʼtibori va masʼuliyati past”, dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari qayta ishlash borasidagi ishlar ahvoliga toʻxtaldi.
Ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatimizda 23 foizni tashkil etadi. Buning oqibatida yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda.
Agar mutasaddilar tuman hokimlari va klasterlar bilan ishlarni toʻgʻri tashkil qilsa, toʻqimachilikdagi ish oʻrinlarini hozirgi 400 mingdan bemalol 1 millionga koʻpaytirish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring