Nima uchun bosh barmoqda shish paydo boʻladi?
Sababsiz bosh barmoqda shish paydo boʻlmaydi va oʻz-oʻzidan oʻtib ketmaydi, dedi oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Doroshev.
Mutaxassisning fikriga koʻra, buning asosiy sabablaridan biri — oyoqdagi yuk notekis taqsimlangan noqulay va mos boʻlmagan poyabzallarni muntazam ravishda kiyishdir. Jarohatlar, ayniqsa, sportchilarda ham bu holat kuzatilishi mumkin.
Yana bir omil — romatoid artrit va artroz kabi kasalliklar. Ushbu kasalliklar metatarsal suyaklarning degeneratsiyasini qoʻzgʻatadi. Qoʻshimcha sabablarga ortiqcha vazn, tik oyoqdagi doimiy ishlash ham kiradi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, oyoqdagi shishdan xalos boʻlishning yagona samarali usuli — bu jarrohlik amaliyoti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring