Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin

15:58 12 May 2025 Dunyo
231 0

Foto: DPA

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun “soʻnggi qadam”ni eʼlon qildi.

Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.

“Sky News” xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may kuni amalga oshirilishi mumkin.

“Ushbu yangilikni amalga oshirishda ishtirok etgan har bir kishidan minnatdorman. Umid qilamanki, bu shafqatsiz mojaroni tugatish uchun zarur boʻlgan soʻnggi qadamlarning birinchisi. Men bu kunni intiqlik bilan kutyapman” — deb yozdi Tramp oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida. Shuningdek, u Qatar va Misrning vositachilik harakatlarini eslab oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер