Niderlandiyalik “Jeyms Bond” mamlakat bosh vaziri boʻldi
Niderlandiya sobiq razvedka boshligʻi Dik Sxof 2-iyul kuni qasamyod qildi va bosh vazir kabinetini qabul qilib oldi. Niderlandiyaning “Jeyms Bond”i koalitsion hukumatni boshqaradi va mamlakatning immigratsiya boʻyicha eng qatʼiy siyosatini amalga oshiradi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.
U 14-yillik bosh vazirlikdan soʻng NATOning navbatdagi bosh kotibi boʻladigan Mark Ryutte oʻrnini egalladi. Sxofning tayinlanishi yetti oy oldin oʻtkazilgan umumiy saylovlar natijalariga tayanadi.
Oʻta oʻng partiya rahbari Gert Víldersning PVV eng yirik partiya boʻlib, anʼanaga koʻra, eng yirik partiyaning rahbari bosh vazir boʻlishi kerak edi. Shunga qaramay, Vilders koalitsiyasi razvedkachi Dik Sxof foydasiga koalitsion hukumat tuzilishini qoʻllab quvvatlashga kelishildi.
Ushbu tayinlovga chap qanot muxolifati yetakchisi Frans Timmermansgina norozilik bildirib chiqqan. Buning asosiy sababi esa razvedkasining sobiq rahbari sifatida Sxof 2014-yilda “Malaysia Airlines” aviakompaniyasining MH17 reysi urib tushirilishi boʻyicha tergovga rahbarlik qilgani koʻrsatilgan.
Avvalroq AQSHning “Wall Street Journal” gazetasi jurnalisti Evan Gershkovich Rossiyada josuslikda ayblanib sudga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring