Nepalda komendantlik soati va ommaviy yigʻilishlarga qoʻyilgan taqiq bekor qilindi
Nepal hukumati soʻnggi hafta davomida amal qilgan komendantlik soati va ommaviy yigʻilishlarga taqiqni bekor qildi. Bu haqda Himalayan Times xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 9-sentyabrdan boshlab harbiylar cheklovlar haqida muntazam eʼlon qilib kelgan. Biroq 13-sentyabrda na armiya, na mahalliy maʼmuriyat bunday xabar tarqatmadi.
Nashr yozishicha, poytaxt Katmanduda kundalik hayot odatiy holatga qayta boshlagan. Jamoat transporti faoliyati qayta tiklandi. Oʻxshash cheklovlar mamlakatning boshqa hududlarida ham olib tashlandi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Nepal Oliy sudining sobiq raisi Sushila Karki ommaviy namoyishlardan keyin isteʼfoga chiqqan bosh vazir Sharma Olining oʻrniga vaqtinchalik hukumat rahbari sifatida qasamyod qildi. Yangi hukumat tarkibi yaqin kunlarda eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring