Nega shaxmat maktabiga Erkin Vohidov nomi berildi?
Biz Erkin Vohidovni shoir sifatida bilamiz. Aslida uning qiziqishlari, asosiy mashgʻulotlari koʻp boʻlgan. Jumladan, shaxmatni yaxshi koʻrgan, koʻngil yaqinlari bilan oʻzaro musobaqalar uyushtirgan. Ayrim davralarda shaxmatni rivojlantirish uchun katta hissa qoʻshgan. Shuning uchun ham Marhamat tumanida yangi barpo etilgan shaxmat maktabiga Erkin Vohidov nomi berildi.
— Bu yerda biz uchun barcha sharoit yaratilgan,-deydi mashgʻulot qatnashchisi Furqat Abdullayev. — Tajribali sport ustalaridan saboq olyapmiz. Kelgusida katta musobaqalarda ishtirok etib, bizga bildirilgan ishonchni, albatta, oqlaymiz.
4 mlrd. 300 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan ushbu maktabda sport mavzusidagi minglab kitoblarni oʻzida jamlagan kutubxona faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring