“Neftchi U-21” va “Dinamo”ga nisbatan jarima qoʻllanildi

14:02 27 Iyul 2025 Sport
209 0

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Assotsiatsiya axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yigʻilishda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqilgan. Xususan:

Superliga:

“Surxon” — “Buxoro”

Oʻzbekiston Superligasining 15-turi doirasidagi “Surxon” — “Buxoro” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Surxon” jamoasi murabbiyi Fevzi Davletov, 90+6-daqiqasida esa ushbu jamoa futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Nasaf”

15-tur doirasidagi “Dinamo” — “Nasaf” uchrashuvining 61-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Akmal Mozgovoy hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Akmal Mozgovoyga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida stadionga tashrif buyurgan muxlislar tomonidan yelim idishlar uloqtirilishi oqibatda oʻyinda faoliyat olib borayotgan fotomuxbirga tekkan. Uchrashuv yakunlanganidan soʻng tribuna osti yoʻlagiga olib kirilayotgan hakamlar brigadasiga ham yelim idishlar va turli xil jismlar uloqtirilgan.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.4 — bandida klub oʻz tomoshabinlari (jamoa muxlislari), shuningdek, klub nomidan biror bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar hisoblanishi belgilangan. Stadionda jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlamagani uchun “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” — “Navbahor”

15-tur doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvining 83-daqiqasida “Paxtakor” vakili Bashar Resan oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bashar Resanga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Xorazm”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Neftchi” — “Xorazm” uchrashuvining 68-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Ixtiyor Toshpoʻlatov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ixtiyor Toshpoʻlatovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Bunyodkor”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 73-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Abdugʻaniyev zaxira oʻrindigʻiga yaqinlashayotganda muxlislar tomonidan unga nisbatan eʼtiroz bildirilgan va bunga javoban futbolchi muxlislarga qarata nomaqbul ishora (jest) koʻrsatgan. Bu esa muxlislarning katta noroziligiga hamda ommaviy tartibsizlikka sabab boʻlgan. Shundan soʻng mezbon jamoa zaxira oʻrindigʻiga turli xil jismlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ilhomjon Abdugʻaniyevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionati:

“Neftchi U-21” — “Buxoro U-21”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart.

Bunda tasvir shartli ravishda taymer yoqilgan holda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishigacha butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur boʻlsada, mazkur uchrashuvda “Neftchi U-21” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon U-21” — “Buxoro U-21”

15-turi doirasidagi “Surxon U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 80-daqiqasida “Surxon U-21” jamoasi futbolchisi Kamronbek Yusupov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan. Uchrashuvning 67-daqiqasida “Buxoro U-21” jamoasi murabbiyi Mirislom Hasanov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon U-21” — “Bunyodkor U-21”

U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon U-21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Bunyodkor U-21” jamoasi futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulazizxon Abdurashidovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo U-21” — “Nasaf U-21”

15-tur doirasidagi “Dinamo U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvining 31-daqiqasida “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Mirshodbek Suyunov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mirshodbek Suyunovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor U-21” — “Navbahor U-21”

15-tur doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Navbahor U-21” uchrashuvining 85-daqiqasida “Navbahor U-21” jamoasi futbolchisi Sherzodbek Abdulboriyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sherzodbek Abdulboriyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi U-21” — “Xorazm U-21”

U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Neftchi U-21” — “Xorazm U-21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Neftchi U-21” jamoasi futbolchisi Muhammadjon Toirjonov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Shuningdek, uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Xorazm U-21” jamoasi futbolchisi Aʼzamjon Abdullayev toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining oyogʻiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Bundan tashqari, komissar bildirgisiga koʻra, “Neftchi U-21” jamoasi uchrashuvga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrmagani aniqlangan. Jumladan, stadionda ovoz kuchaytirgich ishlamagani, oʻyin rasmiylarini kutib olish bilan bogʻliq masalalarga masʼuliyatsizlik qilingani hamda uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Bu ham yetmagandek, “Neftchi U-21” jamoasi uchrashuvga kelmagan shifokor va maʼmurni qaydnomaga kiritib, uchrashuv rasmiylariga yolgʻon maʼlumot bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Neftchi” klubiga va jamoa aʼzosi Muhammadjon Toirjonovga nisbatan jarima intizom chorasi, Aʼzamjon Abdullayevga nisbatan esa 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanilgan.

“Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер