“Neftchi” xorijlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Fargʻonaning “Neftchi” klubi xorvatiyalik hujumchi Stipe Peritsa bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Stipe Peritsa 1995-yilda Xorvatiyada tugʻilgan. 2013-yilda ushbu futbolchini Londonning “Chelsi” klubi 2,5 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib olgan.
Keyingi yillarda futbolchi Italiyaning “Udineze”, “Frozinone”, Belgiyaning “Standard”, Angliyaning “Uotford”, Turkiyaning “Qosimposha”, Isroilning “Makkabi Tel-Aviv” kabi jamoalarida toʻp surgan.
Stipe yakunlangan mavsumni Ruminiyaning “Dinamo Buxarest” klubi safida oʻtkazdi. U mavsum davomida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol muallifi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring