Nazariya va amaliyot uygʻunligi taʼminlanadi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Termiz davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida universitetning yuridik yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar amaliyotlarni prokuratura organlarida oʻtashi, sohaning malakali xodimlaridan ish oʻrganishi mumkin.
— Bosh prokuror farmoyishi ijrosi yuzasidan oʻrnatilayotgan hamkorlik kelajakda prokuratura organlarida malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan, — deydi Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi Parviz Hidoyatov. — Endi talabalarning nazariy bilimlari bevosita amaliyot bilan bogʻlanadi.
Tadbir doirasida talabgor talabalar orasidan tanlab olingan 17 nafar “Boʻlajak prokurorlar klubi” aʼzosiga maxsus aʼzolik belgilari tantanali topshirildi.
— Biz, talabalar uchun yanada kengroq imkoniyatlar eshigi ochilmoqda, — deydi Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Farangiz Boymurodova. — Endi nazariy bilimlarimizni bevosita amaliyotda mustahkamlaymiz. Bu esa sohaning yetuk mutaxassisi boʻlishimizga mustahkam zamin boʻladi.
Ushbu tajriba yurtimiz hududlarida ikkinchisi boʻlib, shu vaqtgacha faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetida yoʻlga qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring