“Navroʻz” katta sahnaga chiqadi

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Isteʼdodlar maktabda kamol topadi. Sanʼatda ham shunday. Oʻzining sohir ovozi bilan millionlab ixlosmandlar qalbidan oʻrin olgan mashhur qoʻshiqchilar mahoratiga havaskorlik dastasidagi saboqlar poydevor boʻlgani haqiqat. Ayni jihatdan olganda mamlakat boʻylab oʻtkazilayotgan “Iqtidorli maktab ansambli” respublika tanlovida ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratilayotgani quvonchli. Tanlovning kecha Namanganda yakunlangan viloyat bosqichida ham yosh isteʼdodlar oʻrtasida yangi nomlar maʼlum qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan bayramona tadbirda shahar va tuman bosqichlarida saralangan 14 ta maktab ansambli jonli ijroda musiqa asarlarini katta ishtiyoq bilan hakamlar hayʼatiga havola etdi. Sahna jozibasi, ijroga ijodiy yondashuv mahorati har bir jamoaning chiqishida oʻzini namoyon qildi.
— Tanlovning saralash bosqichlariga 715 ta maktab ansambllarining 5700 dan ziyod umidli sanʼat gʻunchalari qamrab olindi, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Akmaljon Moʻminov. — Ularning aksariyati talant, oʻziga xos ovoz va shunga mos ijro egasi. Bahslarda esa tabiiyki, eng kuchlilar oʻzini koʻrsata bildi.
Yakunda gʻoliblik Namangan shahridagi 1-umumtaʼlim maktabining “Navroʻz” ansambliga nasib etdi. Chiqishlari eng yuqori bahoga loyiq topilgan jamoa endi tanlovning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring