Navoiylik 134 nafar oʻqituvchi 1000 dollardan ziyod maosh olmoqda
Viloyatda 368 ta umumtaʼlim maktabi mavjud boʻlib, ularning 11 tasi soʻnggi sakkiz yilda mutlaqo yangidan qurildi. 200 taga yaqin maktab kapital taʼmirdan chiqarilib, moddiy texnik bazasi tubdan takomillashtirildi.
Ushbu maktablarda 2024-2025-oʻquv yili davomida 189 470 nafar oʻquvchi yoshlarga 21 077 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berishdi. Bu oʻqituvchilarning 3 326 nafari oliy, 4 961 nafari birinchi, 5 367 nafari ikkinchi hamda 6 129 nafari mutaxassislik toifalariga ega.
—Soʻnggi 3-yilda oliy va 1-toifali oʻqituvchilar ulushi 26 hamda 40 foizga oshdi, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot kotibi Nurali Hoshimov. — Natijada bugungi kunda viloyat boʻyicha 134 nafar oʻqituvchi 1000 va undan ortiq, 600 nafari esa 800 — 900 AQSH dollariga teng miqdorda maosh olmoqda. Shuningdek, 2025-yilda test va suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan 68 nafar pedagog vazir jamgʻarmasidan ustama oladi.
Navoiylik qancha oʻqituvchi toʻliq stavkada dars bilan taʼminlanmagan yoki olis hududlarda alohida fanlar boʻyicha oʻqituvchilarga ehtiyoj qanday? degan savol tugʻilishi tabiiy. Bu borada viloyatdagi holat boshqa hududlardan unchalik farq qilmaydi. Biroq, Navoiy shahridagi 1- ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ajoyib natijasini boshqa joyda uchratish mushkul. Joriy yilda ushbu maktabning 60 nafar bitiruvchisining barchasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. 42 nafari davlat granti, 18 nafari esa toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Eng muhimi ularning har biri yangi Oʻzbekistonning izlanuvchan va intiluvchan farzandlari, — deydi maktab direktori Odil Norov. — Bu nafaqat ulardagi shijoat, balki mamlakatimizda taʼlimga qaratilgan eʼtibor samarasi hamdir.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring