Navoiyda yana bir avtobus yoʻldan chiqib ketdimi?
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida avtobus yoʻldan chiqib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni Tomdi tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-379 avtomobil yoʻlining 192-193 kilometrlari oraligʻida “Navoiy-Zarafshon” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan korxonalardan biriga tegishli boʻlgan “Isuzu” rusumli yuk transport vositasi haydovchining chalgʻishi tufayli yoʻldan chiqib ketgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati va vafot etganlar yoʻq. Hozirda holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 5-yanvar kuni Navoiy viloyatining aynan Tomdi tumanida ichida 47 nafar yoʻlovchisi boʻlgan avtobus agʻdarilib ketgan edi. Hodisa oqibatida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Yana 9 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
Bundan tashqari, mazkur voqeadan 12 kun oʻtib, 17-yanvar kuni Tomdi tumanida yana bir yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro jabrlangan. Ular Zarafshon shahar tibbiyot boʻlimiga yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring