Navoiyda hokimlik binosi oldida oʻzini yoqib yubormoqchi boʻlgan ayol voqeasiga MIB munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.A.ning viloyat hokimligi binosi oldida oʻzini yoqib yubormoqchi boʻlgani haqidagi video tarqalgan. Ushbu videoga Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi rasmiy munosabat bildirildi.
Unga koʻra, mazkur holat Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirokida oʻrganib chiqilgan
“Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining 03.10.2019-yildagi 2-2101-1904/15483-sonli ijro hujjatiga asosan undiruvchi Karmana tuman hokimligi foydasiga qarzdor D.A.ga tegishli Karmana tumani, “Kalovat” mahallasi hududida tuman hokimligining zaxira yer maydonlarida noqonuniy qurilgan 9x40 metr oʻlchamdagi uy-joyini buzdirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Karmana tuman boʻlimi ish yurituviga 25.10.2019-yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi D.A.ga imzo qoʻydirilgan holda tanishtirilib, ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida 14.02.2020-yilda, ijro hujjati boʻyicha 17.02.2020-yil soat 10:00ga majburiy ijro tayinlanganligi haqida xabarnoma tuman IIB va IIB YOXB organlari, kadastr, tibbiyot birlashmasi hamda mahalla raisiga topshirilgan.
Shu kuni qarzdorning “Kalovot” MFYdagi manziliga mutasaddi organlar bilan borilgan, ammo fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining 17.02.2020-yildagi “Ijro harakatlarini vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida”gi ajrimiga asosan ijro hujjati harakatdan toʻxtatilgan.
Shu sudning 24.03.2020-yildagi “Ijro harakatlarini davom ettirish toʻgʻrisida”gi ajrimi boʻlim ish yurituviga 31.03.2020-yilda kelib tushgan va qarzdor 01.04.2020-yilda qayta ogohlantirilgan.
Biroq, D.A.va ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortib kelgan.
Shu bois, 25.05.2020-yil soat 10:00da yana majburiy ijro tayinlanib, qarzdorga bu haqida tushuntirish berilgan.
Shunday keyin ham qarzdor sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarmaganligi sababli, soat 1400da uning mazkur uy-joyi mutasaddi organlar (IIB, IIB YOXB, Milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi, xokimiyat vakili) ishtirokida majburiy tartibda buzdirilgan.
Mazkur holat boʻyicha davlat ijrochilarining xatti-harakatlarida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilmagan”, deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring