Navoiyda hamshira bosh shifokor tomonidan kaltaklandimi?

Illyustrativ foto
Temur ESHBOYEV/ “Xalq soʻzi”. Turli manbalarda Navoiy viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bosh shifokori qoʻl ostida ishlovchi 38 yoshli hamshirani ayovsiz kaltaklagani yoritilmoqda.
Mazkur holat boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan bogʻlanib, quyidagi rasmiy munosabatni oldik.
“Fuqaro M.N. Navoiy viloyati Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining nevrologiya boʻlimida navbatchi hamshira lavozimida ishlab kelmoqda. Holat yuzasidan boshqarma masʼul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganish oʻtkazilib, xodimlardan surishtiruv ishlari amalga oshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan markaz direktori tomonidan shu kunning oʻzida Navoiy shahar prokuraturasiga M.N. tomonidan tuhmat qilinganligi va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shikoyat arizasi berilgan.
Shu kunga qadar M.N “mehnat taʼtili kam berilganligi”, “mehnat taʼtilidan chaqirib olinmaganligi”, “ragʻbatlantirish qoʻllanilmaganligi”, “bemorlardan qon tahlillarini olish xizmat vazifalariga kirmasligi”, “qoʻshimcha ish soatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilmaganligi” kabi holatlar yuzasidan sud va boshqa vakolatli organlarga shikoyatlar kiritib kelgan. Biroq, ushbu shikoyatlarning birortasi oʻz tasdigʻini topmagan”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Koʻrinib turibdiki, rahbar va xodim oʻrtasidagi kelishmovchilik koʻp vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Tabiiyki, unga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nuqta qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring