Navoiyda bank xodimi 190 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi

12:27 15 May 2025 Jamiyat
245 0

Foto: DXX

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bank xodimining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda DXX.

Qayd etilishicha, tumandagi tijorat banklaridan birining mutaxassisi hozirda otasining boshqaruvida boʻlgan bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligiga tuman hokimining 2021-yildagi qarori bilan ijaraga berilgan 22,6 gektar yer maydonining 18,7 gektar qismini 200 million soʻm evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 million soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер