Navoiyda 43 km aylanma avtomobil yoʻli quriladi
![](https://xs.uz/upload/post/2025/02/12/dc96225b052fcb94faed732aabebd94a0212.jpg)
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Respublikamiz Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida asosan xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda Navoiy shahri va Karmana tumani markazini janub tomonidan aylanib oʻtish uchun M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 147-kilometridan 181,5-kilometrigacha boʻlgan masofalarida uzunligi 43 km aylanma avtomobil yoʻlini yangidan qurish loyihasini amalga oshirish vazifalari belgilangan.
— Ushbu yoʻlning serqatnovligi, yaʼni bir sutkada 35-36 mingga qadar transport vositalarining oʻtishi haydovchilarga ham, piyodalarga ham birday qiyinchilik tugʻdirib kelardi, — deydi viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshligʻi Alisher Halimov. — Bu tirbandlikdan tashqari koʻplab yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda. Xususan, shu oraliqda 2023-yilda 24ta YTH sodir boʻlgan boʻlsa, 2024-yilda bu kabi holatlar 50 foizga oshdi.
Taʼkidlash joiz, Navoiy mamlakatimizning aylanma yoʻlga ega boʻlmagan yagona viloyat markazi hisoblanadi. Bu M37 Samarqand – Buxoro –Turkmanboshi avtomobil yoʻlining Navoiy shahri va Karmana tumani markazida oʻtishi tirbandlikni vujudga keltirishidan tashqari ushbu hududlarda yoʻl taʼmirlash ishlarini olib borishda ham yoʻlsozlar va transport qatnoviga noqulayliklar tugʻdirar edi. Va nihoyat yoʻl borgan joy har doim obodlikka yuz tutadi. Shu maʼnoda viloyat markazining janubiy sanoat hududlari oʻz investitsion jozibadorligini oshirishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring