“Navoiy uran” xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi

18:08 12 May 2023 Iqtisodiyot
850 0

Respublikamiz Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022 - 2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mamlakatimizda uran xom-ashyosi ishlab chiqarishda yagona hisoblangan korxona hayotida yangi-yangi sahifalar ochmoqda. 

Mazkur qarorda 2030 yilga qadar respublikamizda uran mineral xomashyosi bazasini 100 ming tonnaga yetkazish, tabiiy uran mahsulotining ishlab chiqarish hajmini ikki baravar, ammoniy perrenatini 1,7 barobarga oshirish, korxona iqtisodiy salohiyatini to‘laqonli namoyish etish maqsadida uran zaxiralari va resurslari geologiyasi, ularni qazib olish, qayta ishlash va eksport hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari bo‘yicha ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash vazifalari belgilangan. 

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning aprel oyida “CERT INTERNATIONAL” Xalqaro sertifikatlashtirish organi bosh mutaxassislari va auditorlari tomonidan Xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga asosan sertifikatlashtirish auditining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Audit yakuni bilan kompaniyaning Bosh auditori Vladimir Beresnev ishtirokida korxona mas’ul rahbarlari hamda muhandis-texnik xodimlarining yakuniy uchrashuvi o‘tkazildi. Muloqotda korxonada sertifikatlashtirish auditining 2-bosqichida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularning bartaraf etilishi, keyinchalik Integrasiyalashgan Boshqaruv Tizimi (IBT)da belgilangan talablar asosida ish faoliyatini olib borish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, senor-auditorlar V.Beresnev, I.Kudyakov, auditorlar S.Abdusattorova, N.Mavlonova hamda konsultant A.Ashirmatovlar tomonidan mazkur yo‘nalishda korxonada olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berildi.

Bosh auditor V.Beresnev “Navoiyuran” davlat korxonasi, xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga muvofiq Integrasiyalashgan Boshqaruv Tizimi Xalqaro Sertifikatiga loyiq deb topilganini e’lon qildi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер