Navoiy xalqaro aeroportining geografiyasi kengaymoqda
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy xalqaro aeroportining zamonaviy infratuzilma va logistika boʻyicha ulkan imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda yangi aviakompaniyalar bilan xalqaro transport yoʻlaklariga integratsiya boʻlishi va yangi tranzit yoʻnalishlarni yaratish borasidagi izchil izlanishlar oʻz samarasini bermoqda.
Xususan, joriy yilning 8-avgust kuni Gruziyaning “Georgian airlines” aviakompaniyasi ilk marotaba Boeing 767-300 yuk-havo kemasida Navoiy xalqaro aeroportiga texnik qoʻnish aviaqatnovini amalga oshirgani ham ushbu hamkorlik natijasidir. Mazkur aviakompaniya haftasiga 2-marta oʻzining Boeing 767-300 yuk-havo kemasida Xitoyning Xaykou provinsiyasidagi xalqaro Xaykou Meylan aeroportidan Navoiy xalqaro aeroporti orqali Gruziyaning Tbilisi shahriga muntazam texnik qoʻnish aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻydi.
— Xalqaro aviakompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, reyslarni muntazam ravishda Navoiy xalqaro aeroportiga jalb qilish aeroportning iqtisodiy samaradorligini taʼminlash bilan bir qatorda, uning yuk terminali orqali mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi, — deydi “Navoiy xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori yordamchisi Bahrom Bahriddinov. — Bu oʻz-oʻzidan bozorlarimizda narx-navo barqarorligi garovidir.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Navoiy xalqaro aeroporti joriy yilning 5-avgust kuni Fransiyaning “CMA CGM Air Cargo” transport-logistika aviakompaniyasi Chjenchjou — Navoiy — Parij yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring