Navoiy FVBga ham yangi boshliq tayinlandi
Foto: FVV
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan polkovnik Alibayev Xurshid Narkazakovich – Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Xurshid Alibayev 1982-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. U 2003-yili Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2015-yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
Alibayev mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ham ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar esa Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shukurov Sharof Tojiboyevich Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring