Navbahorliklar yirik investitsiya loyihasi boʻyicha kelishuvga erishdi
Navbahor tumani hokimi Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashib, tuman hududida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xususan qishloq xoʻjaligi va sanoat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokara olib bordi.
Navbahor tumani hokimi Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashib, tuman hududida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xususan qishloq xoʻjaligi va sanoat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokara olib bordi.
Muzokaralar davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, xususan, paxta xom-ashyosini yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi. Tuman hokimi investorlarga Navbahor tumanida yaratilgan qulay investitsiya muhiti, mavjud infratuzilma imkoniyatlari, yer va mehnat resurslari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Uchrashuv yakunida xitoylik investorlar tomonidan umumiy qiymati 70 million AQSH dollarini tashkil etuvchi yirik investitsiya loyihasini Navbahor tumani hududida amalga oshirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi.
— Mazkur loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar joriy etish, yuqori ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda mahalliy aholi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan, — deydi tuman hokimi Alisher Rashidov. — Shuningdek, uchrashuv yakunida xorijiy kapital ishtirokidagi “NAVBAHOR JIAJIA CLUSTER” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Qoʻshimcha qilish joiz, ushbu korxona paxtachilik va toʻqimachilik sohasida klaster tizimini yoʻlga qoʻyish, xom-ashyoni chuqur qayta ishlash hamda eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Uning amalga oshirilishi Navbahor tumani iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda aholi bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring