“Navbahor” kongolik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Namanganning “Navbahor” klubi kongolik hujumchi Katulondi Kati bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Transfermarkt” portali ushbu futbolchining narxini 400 ming yevro deb baholamoqda.
“Mahoratili kongolik hujumchi Katulondi Kati jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Katulondi Kati — 1999-yil 19-oktyabrda Kongo Demokratik Respublikasida tugʻilgan.
Faoliyati davomida Kongo Demokratik Respublikasining “Dofen Nuar” (Goma), “Motema Pembe” (Kinshasa) jamoalarida oʻynagan. 2022-yildan buyon Marokashning “Hassaniya” (Agadir) jamoasida toʻp tepayotgan edi”, deyiladi klubning Telegram kanalida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi 20-fevral kuni oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring