NATO Boltiq dengizida yirik mashgʻulotlarni boshladi

20:21 18 Fevral 2026 Dunyo
909 0

Boltiq dengizining Shlezvig-Golshteyn hududida NATOning “Steadfast Dart 26” nomli joriy yildagi eng yirik mashgʻulotlari boshlandi. Ittifoqning reaksiya kuchlari boʻlinmalari Fehmarn oroli yaqinidagi Putlos oʻquv poligoniga yetib borgan.

Mazkur mashgʻulotlar ssenariysiga koʻra, ittifoqning harbiy boʻlinmalari Janubiy Yevropadan sharqiy qanotga qoʻshinlarni tezkor joylashtirishni mashq qiladi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu mashgʻulotlarda AQSH bevosita ishtirok etmayapti.

Mashgʻulotlar avvalida 15 ta kema va taxminan 2 ming 600 nafar harbiy xizmatchi mashgʻulotlarni boshlab beradi. Operatsiya davomida jami 13 ta mamlakatdan taxminan 10 ming nafar harbiy xizmatchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 1 ming 500 dan ortiq harbiy texnika ishtiroki ham koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер