Narpayda yangi parrandachilik korxonasi ish boshladi

19:36 07 Dekabr 2021 Jamiyat
914 0

Samarqand viloyatida parrandachilikni rivojlantirish, isteʼmol bozori uchun sifatli va arzon tuxum, parhezbop goʻsht mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga qaratilgan qator loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunday loyihalardan biri Narpay tumanida amalga oshirildi. Bu yerda parrandachilikka ixtisoslashgan “Xumoyun Mamur Nur” fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatini boshladi. 

Ushbu xoʻjalik tumanda 2021-yilda parrandachilik sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan boʻlib, loyiha qiymati 200 million soʻmni tashkil etadi.                                                                                            

Loyiha doirasida jami ming bosh parranda xarid qilinib, parvarishlanmoqda.  Ayni paytda fermer xoʻjaligi tomonidan bir kunda 700-750 dona tuxum mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Loyihaga koʻra, fermer xoʻjaligi tomonidan  yiliga 27 million dona tuxum mahsuloti yetishtirish rejalashtirilgan.                                                                                                                        

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер