“Narxoz”ga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 12 ming dollar olayotgan shaxs ushlandi

26-iyul kuni fuqaro J.Yu. ariza bilan murojaat qilib unda “T” ismli shaxs uning tanishi A.I.ni oʻqishga kiritib kuyish evaziga 12 ming AQSH dollari talab qilayotganligini va unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xabar berdi.
J.Yu.ning arizasini tekshirish maqsadida Toshkent shahar prokuraturasi, IJQK Departamenti va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Fuqaro Sh.T. oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali A.I.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga olib kirib quyishni vaʼda qilib J.Yu.dan 12 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida Toshkent shahar prokuraturasi, IJQK Departamenti va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 27.07.2019-yilda Sh.T. nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring