«Naqshbandiya» III xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi
Ushbu turizm festivalida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveysariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq dunyoga mashhur olimlar, din, fan va jamoat arboblari, shuningdek, turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda.
Bugun festival ishtirokchilari Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi.
Bundan tashqari, Imom Al-Moturidiy maqbarasi, Xoja Ahror Valiy masjidi, Shoxi-Zinda majmuasi va Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish rejalashtirilgan.
Mazkur festivalni oʻtkazishdan asosiy maqsad buyuk oʻzbek mutafakkirlarining islom dini va jahon sivilizatsiyasi rivojidagi xizmatlariga hurmat bajo keltirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish va Ziyorat turizmining boshqa obyektlari bilan tanishishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring